17.07.2009
ARMON
23, Tashkent, Uzbekistan

ARMONSizni ko’rganim zahot, yurak to’xtadi,
Ovozingiz eshitib, qalbim titradi,
Nigohingiz rom etib, dilim boyladi,
Ammo, ko’nglim hislarini bilmadingiz, hech.

Sizni ko’rganimda, qalbim quvnardi,
Sizni eslashim zahot, dilim yashnardi,
Yulduzlar ko’ngil ohlarim tinglardi,
Ammo, qalbim tug’yonlarin bilmadingiz, hech.

Sizni ismingiz ila tonglar otardi,
Tunlarda oy sirdoshim bo’lardi,
Yomg’irlar dil yoshlarim bo’lardi,
Ammo, yurak iztiroblarim bilmadingiz, hech.

Sizni sog’inib, sanoqsiz kunlar o’tardi,
Xayollarim zanjirband, samoda kezardi,
Cheksiz nolalarim falakni ezardi,
Ammo, bag’rim sitamlarin bilmadingiz, hech.

Sizni qalb bog’larimda, sevgim kutardi,
Telba yurakkinam, sabrsiz qo’msardi,
Armonlarim meni ayamay yutardi,
Ammo, dilim nolalarin bilmadingiz, hech.

Sizni uzun, dardli she’rlarim sevardi,
Suratingizga ko’ngilginam gohida ko’nardi,
Gohida chidolmay, isyon qilardi,
Ammo, ko’ksimdagi azoblarni bilmadingiz, hech.

Sizni unutishimni dilim yolborib so’rardi,
Alamlarim ko’ksimga xanjarlar urardi,
Gohida oyning menga rahmi kelardi,
Ammo, yuragim ohlarin bilmadingiz, hech.

Charchadim, boshqa yurak o’rtashga qolmadi holim,
Bedor tunlarni o’tkazishga yo’qdir madorim,
Najotsiz, chorasiz kutishga yetmaydi sabrim,
Endi, nimayam qilardim, alvido, alvido azizam!

12 views
 
Komente

Nuk ka ende komente.
Lini komentin tuaj, filloni diskutimin!

Ditar
Blogët shkarkohen çdo 5 minuta